JARAYON IFODALOVCHI LEKSEMALARGA MAYDON ASOSIDA YONDASHUV
Mualliflar: Gulxayo Xoshimjonova Ulug’bek qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi jarayon ifodalovchi leksemalar maydon asosida tahlil qilinadi. Tilshunoslikda “maydon” nazariyasi leksik birliklarning ma’no jihatdan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Jarayon ifodalovchi leksemalar esa harakat, holat o‘zgarishi, rivojlanish, sodir bo‘lish kabi ma’nolarni ifoda etuvchi so‘zlardir. Maqolada ushbu leksemalarning ma’no turlari, semantik tuzilishi va ularning markaziy hamda chekka birliklari o‘rganilgan. Kalit so'zlar: jarayon ifodalovchi leksemalar, maydon nazariyasi, semantik maydon, leksik tizim, paradigmatik aloqa, sintagmatik aloqa.
