OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI YOʻNALISHI TALABALARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI OSHIRISHDA TERMINOLOGIK, LEKSIK BOYLIGINI OSHIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Mualliflar: Jamalova Dilafruz Komiljon qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada oziq-ovqat texnologiyasi yoʻnalishida taʼlim olayotgan talabalarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishda terminologik va leksik boylikni oshirish muammosi yoritilgan. Ilmiy tahlilda hozirgi zamon mutaxassislaridan talab etilayotgan kasbiy kommunikativ savodxonlik, til kompetensiyasi hamda texnologik terminologiyani toʻgʻri qoʻllash koʻnikmalari alohida eʼtiborga olingan. Maqolada o’quv jarayonida o’zbek, rus va ingliz tillarida terminologik lug’at boyligini kengaytirish, kasbiy matnlar bilan ishlash, o’quv topshiriqlarini integratsion yondashuv asosida tashkil etish bo’yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari o’qituvchilarga terminologik yo’naltirilgan taʼlimni samarali tashkil etishda amaliy yordam beradi. Kalit so'zlar: terminologik kompetensiya, kasbiy kommunikatsiya, leksik boylik, oziq-ovqat texnologiyasi, integratsion yondashuv, mutaxassislik tili, CLIL, lingvodidaktika.
