AKADEMIK INGLIZ TILIDA PARAPHRASING VA PLAGIARISM MUAMMOSI




AKADEMIK INGLIZ TILIDA PARAPHRASING VA PLAGIARISM MUAMMOSI


Mualliflar: Normirzayeva Zarnigor Xasanboy qizi

Annotatsiya Maqolada akademik ingliz tilida parafraz qilish ko‘nikmasi va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan plagiat muammosi keng ilmiy tahlil qilinadi. Parafraz qilish talabalarning va tadqiqotchilarning ilmiy manbalarni chuqur anglab yetishi, ularni qayta ishlab o‘zining akademik nutqida qo‘llashi uchun zaruriy strategiya sifatida qaraladi. Biroq, noto‘g‘ri parafraz qilish yoki uning yuzaki qo‘llanishi plagiatning yashirin shakllarini yuzaga keltirishi mumkin. Shu bois, maqolada parafraz va plagiat tushunchalari nazariy jihatdan yoritilib, akademik yozuv jarayonida ularning o‘zaro chegaralari aniqlashtiriladi, shuningdek, ilmiy halollikni ta’minlashda parafrazning metodik ahamiyati va uning samarali o‘qitilishi masalalari muhokama qilinadi. Kalit so'zlar: Parafraz, plagiat, akademik halollik, ilmiy yozuv, yuqori ta’lim, manba integratsiyasi, intellektual mulk.