METAKOGNITIV YONDASHUVNING TA’LIM JARAYONIDAGI NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY QO‘LLANILISHI
Mualliflar: Mamadjanova Shoxida Nemat qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada metakognitiv yondashuvning pedagogik jarayonlardagi nazariy asoslari, asosiy tamoyillari va amaliy qo‘llanilish usullari tahlil qilinadi. O‘quvchilarda mustaqil fikrlash, o‘z bilimini baholash va o‘quv faoliyatini boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirishda metakognitiv strategiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda zamonaviy ta’lim jarayonida metakognitsiyaning integratsiyasi, o‘qituvchi va o‘quvchi rolining o‘zgarishi, shuningdek, metakognitiv faoliyatni qo‘llab-quvvatlovchi muhitni yaratish shartlari yoritiladi. Kalit so'zlar: metakognitsiya, o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘quv strategiyalari, mustaqil fikrlash, o‘quvchilar faolligi, o‘z-o‘zini baholash, kognitiv yondashuv, refleksiya, samarali ta’lim, metodik yondashuv.
