BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI INTERNET-RISK PROFILAKTIKASIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK MEXANIZMLARI
Mualliflar: N.T.Mamatxanova
Annotatsiya Ushbu maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarni internet-risk profilaktikasiga tayyorlashning pedagogik va psixologik mexanizmlari yoritilgan. XXI asrda internet ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylangan bo‘lsa-da, u bilan bog‘liq xavf va tahdidlar ham ortib bormoqda. Tadqiqotda internet-risk tushunchasining mazmuni, uning ijtimoiy-psixologik ta’sirlari va ta’lim muassasalarida yuzaga keladigan muammolar tahlil qilindi. Pedagogik mexanizmlar sifatida raqamli savodxonlik, axborot madaniyatini shakllantirish, interaktiv metodlardan foydalanish samarali ekani qayd etildi. Psixologik mexanizmlar esa empatiya, stressni boshqarish, qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi va o‘quvchilarni internetdagi xavflardan himoya qilishga yordam beradi. Shuningdek, xalqaro tajriba asosida taqqoslama tahlillar amalga oshirilib, milliy ta’lim tizimi uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Xulosa sifatida, bo‘lajak o‘qituvchilarni internet-risk profilaktikasiga tayyorlash ularning kasbiy kompetensiyasining ajralmas qismi bo‘lib, yoshlarni axborot xurujlaridan himoya qilishning samarali vositasi ekanligi ta’kidlandi. Kalit so'zlar: Bo‘lajak o‘qituvchilar, internet xavfsizligi, internet-risk, profilaktika, pedagogik mexanizmlar, psixologik mexanizmlar, raqamli savodxonlik, axborot madaniyati, kiberbulling, onlayn tahdidlar.
