GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI O‘RGANISH JARAYONIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOGNITIV O‘QUV FAOLIYATLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI




GRAMMATIK TUSHUNCHALARNI O‘RGANISH JARAYONIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KOGNITIV O‘QUV FAOLIYATLARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI


Mualliflar: Soloxidinova Fazilaxon Muxiddin qizi

Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida grammatik tushunchalarni o‘zlashtirish jarayonida kognitiv o‘quv faoliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik sharoitlar va metodik yondashuvlar tahlil qilinadi. Til hodisalarini tahlil qilish, taqqoslash, turkumlash va umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishga ta’sir etuvchi asosiy psixologik va didaktik omillar aniqlangan. O‘quvchilarning bilish mustaqilligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘quv faoliyatlarini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar taklif etilgan. Kalit so'zlar: kognitiv o‘quv faoliyatlari; boshlang‘ich maktab; grammatik tushunchalar; tafakkurni rivojlantirish; o‘qitish metodikasi; bilish faolligi; metapredmet natijalar.