RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING LOYIHAVIY-KONSTRUKTORLIKDA IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI




RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING LOYIHAVIY-KONSTRUKTORLIKDA IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRI


Mualliflar: Umirov Ilhom Iskandar o‘g‘li

Annotatsiya Ushbu maqolada raqamli texnologiyalarning loyihaviy-konstruktorlik jarayonlariga ta’siri o‘rganildi hamda sanoat va ishlab chiqarish sohalarida raqamlashtirish jarayonining jadallashuvi bayon etildi. Zamonaviy raqamli vositalar 3D-modellashtirish, avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari (CAD), va sun’iy intellekt yordamida samaradorlikni sezilarli oshirish mumkin. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar mehnat unumdorligini oshirib, resurslar tejalishini ta’minlashi aniqlangan. Shuningdek, ushbu texnologiyalarni keng joriy etish loyihalash xarajatlarini kamaytirib, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qildi. Kalit so'zlar: raqamli texnologiyalar, iqtisodiy samaradorlik, 3D-modellashtirish, CAD tizimlari, sun’iy intellekt, raqamlashtirish jarayoni, sanoat innovatsiyalari.