TALABALARNING TEXNOLOGIK TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHNING TARKIBIY KOMPONENTLARI
Mualliflar: Turayeva Nargiza Nasrullayevna
Annotatsiya Ushbu maqolada talabalarning texnologik tafakkurini rivojlantirish masalasi ilmiy-nazariy asosda yoritilgan. Texnologik tafakkur tushunchasining mazmuni ochib berilib, uning asosiy tarkibiy komponentlari - ilmiy, amaliy, ijodiy, tanqidiy-tahliliy hamda axloqiy-ma’naviy yo‘nalishlarda tahlil qilingan. Shuningdek, oliy ta’lim tizimida talabalarda texnologik tafakkurni shakllantirishning samarali usullari va zaruriy pedagogik shart-sharoitlari ko‘rib chiqildi. Maqolamizda texnologik tafakkurni rivojlantirish orqali talabalarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Kalit so'zlar: Texnologik tafakkur, tarkibiy komponentlar, innovatsion fikrlash, tanqidiy tafakkur, amaliy ko‘nikma, ijodiy yondashuv.
