INTEGRAL OPERATOR QATNASHGAN INTEGRO-DIFFERENSIAL TENGLAMALAR UCHUN CHEGARAVIY MASALALAR
Mualliflar: Nafasov Ganisher Abdurashidovich, Gʻayibnazarov Abdumavlon Abdumannon oʻgʻli
Annotatsiya Ushbu maqolada integral operator ishtirok etuvchi integrodifferensial tenglamalar uchun chegaraviy masalalarning nazariy asoslari va ularni yechish metodlari tahlil qilinadi. Chegaraviy masalalar differensial va integral operatorlarning birgalikdagi ta’sirini o‘z ichiga olganligi sababli, ularning yechimlari murakkab funksional fazolarda aniqlanadi. Maqolada Fredgolm va Volterra turidagi integral operatorlar qatnashgan tenglamalar uchun yechim mavjudligi, yagonaligi va barqarorligi shartlari o‘rganiladi. Shuningdek, sonli yechim usullarining qo‘llanish imkoniyatlari ham yoritilgan. Kalit so'zlar: integrodifferensial tenglama, integral operator, chegaraviy masala, Fredgolm operatori, Volterra operatori, yechim yagonaligi, barqarorlik, funksional fazo.
