UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIDA PEDAGOGIK JARAYONLARNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISHGA REFLEKSIV YONDASHUV TEXNOLOGIYASINI JORIY ETISH VA TAKOMILLASHTIRISHGA OID TAJRIBA-SINOV ISHLARI NATIJALARI VA SAMARADORLIK KO‘RSATKICHLARI
Mualliflar: Odiljanova Gulasalxon Ilxomjon qizi
Annotatsiya Maqolada umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarishda refleksiv yondashuv texnologiyasini joriy etish hamda takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tajriba-sinov ishlarining natijalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida o‘qituvchilarning refleksiv kompetensiyasini rivojlantirish, o‘quv jarayonida o‘z faoliyatini tahlil qilish va baholashga yo‘naltirilgan yondashuvlarning samaradorligi aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, refleksiv yondashuv o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro muloqotni yaxshilaydi, ta’lim sifatini oshiradi hamda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada olingan tajriba asosida refleksiv boshqaruv mexanizmlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltirilgan. Kalit so'zlar: refleksiv yondashuv, pedagogik jarayon, tajriba-sinov, ta’lim sifati, refleksiv kompetensiya, samaradorlik ko‘rsatkichlari, boshqaruv texnologiyasi.
