O‘ZBEKISTONDA PISA 2025 XALQARO TADQIQOTI NATIJALARINI BASHORATLASH




O‘ZBEKISTONDA PISA 2025 XALQARO TADQIQOTI NATIJALARINI BASHORATLASH


Mualliflar: G‘ayniddinov Shayxislom Tolibjon o‘g‘li Namangan davlat pedagogika instituti, Aniq fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya Ushbu ilmiy maqolada PISA(Programme for International Student Assessment) xalqaro tadqiqotlari haqida hamda O‘zbekistonda o‘n besh yoshli o‘quvchilarning PISA -2022 xalqaro tadqiqotidagi ishtiroki, ularning erishgan natijalari va bunga sabab bo‘luvchi ayrim omillar bayon qilingan. Hamda bu omillar 2025-yil aprel oylarida o`tkazilishi rejalashtirilayotgan PISA 2025 xalqaro tadqiqot natijalariga qay darajada ta`sir qilishi mumkinligi haqida xulosalar keltirilgan. Ushbu maqolada PISA 2022 xalqaro tadqiqotida berilgan matematik masalalar tahlil qilingan bo‘lib, yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari tavsiya etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi kelgusida O‘zbekistonda o‘quvchilarning xalqaro tadqiqotlar dasturlarida yaxshi natijalarga erishish uchun samarali metod hamda tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Ushbu tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, o‘quv dasturlamizni qayta ko‘rib chiqishimiz hamda ayrim mavzularni hozirgi holatidan oldinroq o‘rgatishimiz va ayrim mavzularga ko‘proq dars soatlari ajratishimiz lozimligini ko‘rishimiz mumkin. Kalit so'zlar: PISA, xalqaro tadqiqotlar, xalqaro baholash, OECD, O‘qish savodxonligi, funktsional savodxonlik, tanqidiy fikrlash, STEM, tanqidiy fikrlash, minimal daraja, o‘rta daraja, yuqori daraja.