SI VA JANRGA ASOSLANGAN PEDAGOGIKANING INTEGRATSIYASI: BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIGA YOZUVNI O‘RGATISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV




SI VA JANRGA ASOSLANGAN PEDAGOGIKANING INTEGRATSIYASI: BO‘LAJAK INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARIGA YOZUVNI O‘RGATISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV


Mualliflar: Abdug‘offorov Sardorbek Abduraxmon o‘g‘li

Annotatsiya Ushbu maqola sun’iy intellekt (SI) va janrga asoslangan pedagogika integratsiyasining bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilariga yozuv kompetensiyasini samarali o‘rgatishdagi ilmiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan. XXI asrning raqamli ta’lim muhitida o‘qituvchilar uchun yozuvni o‘rgatish metodikalarini yangilash dolzarb masalaga aylangan. SI vositalari – xususan, grammatika tahlili, stilistik tavsiyalar, avtomatik baholash va matn strukturasi tahlili imkoniyatlari orqali – o‘quvchilarga yozuv jarayonida real vaqtda individual yordam beradi. Shu bilan birga, janrga asoslangan pedagogika talabalarga turli ijtimoiy va akademik kontekstlarda matn yozish uchun zarur bo‘lgan strukturaviy va kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada 2000–2025-yillar davomida chop etilgan ilmiy manbalar asosida ushbu ikki yondashuvning nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. SI texnologiyalarining o‘quv jarayoniga joriy etilishi orqali talabalar matn yaratish, uni tahlil qilish va takomillashtirish bosqichlarida faol ishtirok etadi. Ayniqsa, SI vositalarining janrga asoslangan pedagogika bilan uyg‘unlashuvi, yozuv darslarini interaktiv va moslashtirilgan o‘rganish tajribasiga aylantiradi. Maqolada bu integratsiyaning o‘qituvchiga va talabalarga qanday afzalliklar berishi, qanday metodik model asosida joriy etilishi va natijaviyligi ilmiy asosda yoritiladi. Kalit so'zlar: sun’iy intellekt, janrga asoslangan pedagogika, yozuv kompetensiyasi, ingliz tili o‘qituvchilari