OLIY TA’LIM TIZIMIDA O‘QITUVCHI VA TALABA MUNOSABATLARIDA MA’NAVIY-AXLOQIY QADRIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
Mualliflar: Otamuratova Sadoqat Ravshanovna
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi munosabatlarning ma’naviy-axloqiy jihatlari tahlil qilingan. Maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularni shakllantirishning nazariy asoslari hamda amaliy tajribasi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar misolida talabalarda ma’naviy immunitetni shakllantirish, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish va ta’limda milliy qadriyatlarga asoslanishning ahamiyati yoritilgan. Muallif tomonidan oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy munosabatlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: Oliy ta’lim, o‘qituvchi, talaba, ma’naviyat, axloq, qadriyatlar, pedagogik jarayon, tarbiya, ta’lim samaradorligi, innovatsion yondashuv.
