INKLYUZIV TAʼLIM SHAROITIDA OTA-ONALARNING PEDAGOGIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI VA AMALIY YOʻNALISHLARI
Mualliflar: Boyirbekova Mohinabonu Doniyor qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada O‘zbekiston sharoitida inklyuziv ta’lim jarayonida ota-onalarning pedagogik kompetensiyasini rivojlantirishning nazariy asoslari, metodologik yondashuvlari hamda amaliy yo‘nalishlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqotda ota-onalarning inklyuziv ta’limdagi roli, pedagogik kompetensiyaning tarkibiy qismlari, zamonaviy metodik shakllar va psixologik tayyorgarlikning ahamiyati yoritilgan. Empirik kuzatuvlar va so‘rov natijalari asosida O‘zbekiston tajribasining kuchli va muammoli jihatlari tahlil qilinib, takomillashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan. Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, ota-onalar, pedagogik kompetensiya, maxsus ehtiyojli bolalar, pedagogik hamkorlik, ijtimoiy integratsiya, refleksiv tahlil, O‘zbekiston tajribasi.
