BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA MEDIAKOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI AFZALLIKLARI.
Mualliflar: Yuldashov Sherzod Sattorovich
Annotatsiya Maqolada zamonaviy ijtimoiy-madaniy sharoitda ta’lim texnologiyalari fanida talabalar mediakompetentligini rivojlantirish metodikasi nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilindi. Media ta’lim pedagogik yo‘nalish sifatida qaralib, adabiyot, san’at madaniyati va tarixi, psixologiya, san’atshunoslik hamda madaniyatshunoslik bilan integratsiyalashgan holda yondashuv asosida izohlanadi. Shu bilan birga, media axborotni tanlash va saralash, uni to‘liq tushunish, media matn yaratish, solishtirish va ijodiy qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, tanqidiy va mustaqil fikrlash, axborotga baho berish kompetensiyalarini rivojlantirish va ularni inson faoliyatining barcha sohalarida amaliy qo‘llash asoslarini shakllantirish masalalari yoritiladi. Kalit so'zlar: Resursga asoslangan, metodik, og‘zaki, og‘zaki bo‘lmagan, interaktiv, slaydli, grafik, didaktik, mediakompetentlik, gipermatn, intellektual, audiovizual, media ta’limi, gamifikatsiya.
