PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BULAJAK BOSHLANGICH TA’LIM UKITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI




PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONIDA BULAJAK BOSHLANGICH TA’LIM UKITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH OMILLARI


Mualliflar: Madraximova Moxira Imomaliyevna

Annotatsiya Mazkur maqolada pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Unda boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatga tayyorlanish jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, metodik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, pedagogik amaliyot davrida talabalarda kasbiy motivatsiya, kommunikativ madaniyat, tashabbuskorlik va mas’uliyat kabi sifatlarni rivojlantirishning asosiy omillari ko‘rsatib berilgan. Muallif tomonidan kasbiy kompetentlikni shakllantirishda amaliy mashg‘ulotlar, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish, mentorlik va refleksiv tahlilning o‘rni alohida ta’kidlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, pedagogik amaliyot nafaqat nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq etish, balki bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va ta’lim jarayonini samarali tashkil etish kompetentligini shakllantirishda muhim bosqich sifatida baholanadi. Kalit so'zlar: Pedagogik amaliyot, kasbiy kompetensiya, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik mahorat, metodik ko‘nikma, kommunikativ kompetensiya, refleksiya, innovatsion metodlar.