MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA INNOVATSION TA'LIM MUHITINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK FAOLIYATGA TA'SIRI
Mualliflar: Egamberdiyeva Durdona Ibrohim qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida innovatsion ta’lim muhitini shakllantirishning mazmun-mohiyati, uni samarali tashkil etish yo‘llari hamda pedagogik faoliyatga ta’siri yoritilgan. Tadqiqotda innovatsion muhitning bola rivojlanishiga, tarbiyachilar kasbiy kompetentligini oshirishga va ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlikka erishishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalar hamda mahalliy amaliyot tahlil qilingan bo‘lib, innovatsion yondashuvlar yordamida ta’lim jarayonida yaratiladigan qulay shart-sharoitlar o‘quv-tarbiya samaradorligini oshirishi ta’kidlangan. Maqola xulosalarida innovatsion ta’lim muhitini joriy etish orqali pedagogik faoliyatning yangi bosqichga ko‘tarilishi va maktabgacha ta’lim sifatining yaxshilanishiga zamin yaratishi alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim, innovatsion ta’lim muhiti, pedagogik faoliyat, ta’lim sifati, kasbiy kompetentlik, tarbiyachi, ilg‘or tajriba, ta’lim samaradorligi.
