TIBBIYOT TALABALARIGA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING TA’LIMIY JIHATLARI




TIBBIYOT TALABALARIGA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASHNING TA’LIMIY JIHATLARI


Mualliflar: Djalilova Zarnigor Obidovna

Annotatsiya Ushbu maqolada tibbiyot talabalariga ingliz va lotin tillarini o‘qitishda sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi - SI texnologiyalarining tibbiyot ta’limidagi xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirishdagi o‘rni va afzalliklarini aniqlashdir. SI asosida yaratilgan moslashuvchan platformalar va intellektual yordamchilar til o‘rganishni individuallashtirish, tibbiy terminologik lug‘atni shakllantirish va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, SI integratsiyasida axloqiy masalalar, raqamli muhitga qaramlik hamda talabalar va o‘qituvchilarning psixologik tayyorgarligi kabi muammolar ham mavjud. Maqolada xorijiy tillarni o‘qitishda SI texnologiyalarini samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, Tibbiy ta’lim, Xorijiy til o‘qitish, Ingliz tili, Lotin tili, Kasbiy kommunikatsiya.