PEDAGOGIK AMALIYOT JARAYONLARIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QITUVCHILARINING KASBIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI (PEDAGOGIK MAHORAT FANI MISOLIDA)
Mualliflar: Madraximova Moxira Imomaliyevna
Annotatsiya Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish jarayonida pedagogik amaliyotning o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. “Pedagogik mahorat” fani misolida kasbiy kompetensiya tarkibiy qismlari, ularni shakllantirish usullari va talabalarda kuzatilgan o‘zgarishlar yoritilgan. Tadqiqotda nazariy tahlil, kuzatish, so‘rovnoma va pedagogik eksperiment metodlaridan foydalanilgan. Olingan natijalar pedagogik amaliyot davomida talabalar dars o‘tish, kommunikativ muloqot, tashkiliy ko‘nikmalar hamda ijodiy yondashuvni rivojlantirishda samarali bo‘lganini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: Pedagogik amaliyot, kasbiy kompetensiya, boshlang‘ich ta’lim, pedagogik mahorat, metodik ko‘nikma, kommunikativ kompetensiya, refleksiya, innovatsion metodlar.
