O‘ZBEK NASRIDA BOLA OBRAZINI YARATISHDA G‘AFUR G‘ULOMNING TUTGAN O‘RNI
Mualliflar: Berdiyeva Sitora Utkerovna
Annotatsiya Ushbu maqolada G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasida bola obrazini yaratish xususiyatlari tahlil qilinadi. Asarda bola quvnoqlik, topqirlik va shodlik ramzi sifatida tasvirlanib, xalqning bardoshi va hayotga bo‘lgan optimistik qarashlarini mujassam etadi. Muallif bola obrazidan nafaqat hazil va satira vositasi sifatida, balki davrning murakkab ijtimoiy-siyosiy muammolarini yoritishda samarali vosita sifatida ham foydalanadi. Shu tariqa, G‘afur G‘ulom o‘zbek nasrida bola obrazining tasvirini yangi bosqichga ko‘tardi va uni milliy adabiyotning barqaror poetik qahramoniga aylantirdi. Kalit so'zlar: bola obrazi, G‘afur G‘ulom, “Shum bola”, hazil va kulgi, realistik tasvir, milliy xarakter, bolalik falsafasi, ijtimoiy muhit.
