AMERIKA OLIYGOHLARIDA TARJIMON MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH TAJRIBALARI




AMERIKA OLIYGOHLARIDA TARJIMON MUTAXASSISLARNI TAYYORLASH TAJRIBALARI


Mualliflar: Lutfullaev Po‘latxon Muxibullaevich Namangan davlat chet tillari institut, Dotsent

Annotatsiya Ushbu maqolada Amerika oliygohlarida tarjimon mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy tajribalari o‘rganilgan. Tadqiqotda tarjimonlik ta’limi jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, pedagogik texnologiyalar va o‘quv dasturlari tahlil qilingan. Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish tamoyillariga alohida e’tibor qaratilgan. Ishda ilg‘or o‘quv materiallari, onlayn platformalar va interaktiv usullarni qo‘llash bo‘yicha Amerika tajribasi chuqur yoritilgan. Mazkur tadqiqot tarjimonlik bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va milliy ta’lim tizimiga moslashgan ilg‘or yondashuvlarni joriy etish imkoniyatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan. Kalit so'zlar: kommunikativ kompetentsiya, kommunikativ faoliyat, kasbiy faoliyat, kommunikatsiya, kompetentlik.