TALABALARDA RAQAMLI KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-PEDAGOGIK ZARURATI
Mualliflar: Niyozov Muhammad Baxronovich
Annotatsiya Ushbu maqolada raqamli kompetensiyalarning mohiyati, mazmuni va talabalarda ushbu kompetensiyalarni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik zarurati yoritilgan. Raqamli transformatsiya sharoitida oliy ta’limda talabalarning raqamli savodxonligini, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishning dolzarb masalalari tahlil qilingan. Maqolada raqamli kompetensiyalarning asosiy komponentlari, ularni rivojlantirish texnologiyalari va metodlari ko‘rib chiqilgan hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: raqamli kompetensiya, raqamli savodxonlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ta’lim texnologiyalari, pedagogik texnologiya, kasbiy kompetensiyalar, oliy ta’lim, blended learning.
