BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING EHTIYOJ, RESURS VA MABLAGʻ HAQIDAGI TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH ASOSLARI
Mualliflar: Mirzaakbarov Abdurasul Mirzaakbarovich, Hikmatova Iroda Nizomjon qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ehtiyoj, resurs va mablag‘ tushunchalarini shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida iqtisodiy tushunchalarni erta yoshdan boshlab o‘rgatishning ahamiyati, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga mos pedagogik yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlar, o‘yinlar va interfaol usullarning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Maqolada ta’lim jarayonida resurslardan oqilona foydalanish, ehtiyojlarni to‘g‘ri anglash va mablag‘ni tejash ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan. Natijada, boshlang‘ich ta’lim bosqichida iqtisodiy savodxonlikni rivojlantirishning muhim omillari aniqlanadi. Kalit so'zlar: Iqtisodiy savodxonlik, bozor iqtisodiyoti, ehtiyoj, resurs, mablag‘, interfaol metodlar, muammoli vaziyatlar, pulni tejash va sarflash, oilaviy budjet, rolli o‘yinlar, didaktik o‘yinlar, loyihaviy faoliyat, iqtisodiy xulq-atvor elementlari, moddiy resurslar, mablag‘ni boshqarish ko‘nikmalari, iqtisodiy hisob-kitoblar.
