GANDBOLCHILARNING O‘YIN TAYYORGARLIGINI SINERGETIK FIKRLASH ORQALI RIVOJLANTIRISH




GANDBOLCHILARNING O‘YIN TAYYORGARLIGINI SINERGETIK FIKRLASH ORQALI RIVOJLANTIRISH


Mualliflar: Azizov Sabitxan Valiyevich

Annotatsiya Mazkur maqolada gandbolchilarning o‘yin tayyorgarligini sinergetik fikrlash asosida rivojlantirishning pedagogik jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda sportchilarning taktik fikrlashi, tezkor qaror qabul qilish qobiliyati hamda jamoaviy hamkorlik darajasini oshirishda sinergetik yondashuvning samaradorligi tahlil qilindi. Pedagogik tajriba jarayonida maxsus ishlab chiqilgan mashg‘ulotlar dasturi asosida o‘tkazilgan sinov natijalari taqqoslab o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sinergetik fikrlash elementlarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar sportchilarning o‘yin samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Mazkur yondashuv zamonaviy sport pedagogikasida muhim innovatsion vosita sifatida baholanadi. Kalit so'zlar: gandbol, sinergetik fikrlash, taktik tayyorgarlik, tezkor qaror qabul qilish, jamoaviy hamkorlik, sport pedagogikasi, o‘yin samaradorligi.