KIMYO TA'LIMIDA ZANJIRLI SAVOLLAR METODI: MUHANDISLIK TALABALARIDA TUSHUNCHA, XOTIRA VA AMALIY FIKRLASHNI MUSTAHKAMLASH
Mualliflar: Boqijonova Maxliyo Izzatilla qizi, Otamirzayev Samadjon Olimjon o’g’li
Annotatsiya Ushbu maqolada muhandislik ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun kimyo fanini o'qitishda zanjirli savollar metodi — har bir javob keyingi savolga tayanch bo'ladigan usulning didaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy g'oyasi shundan iboratki, kimyoviy tushunchalarni alohida-alohida emas, balki mantiqiy bog'langan zanjir ko'rinishida o'rgatish talabalar bilimini barqarorlashtiradi, xotirada saqlashni kuchaytiradi va amaliy muhandislik fikrlashini rivojlantiradi. Maqolada zanjirli savollar metodining nazariy asosi, kimyo faniga tatbiq etish mexanizmi, uning refleksiv faoliyatga ta'siri va amaliy qo'llash namunasi ko'rsatilgan. Shuningdek, "metallar korroziyasi va elektrokimyoviy himoya" mavzusi asosida 20 savoldan iborat namunaviy zanjir ishlab chiqilgan. Kalit so'zlar: kimyo ta'limi, zanjirli savollar, muhandislik ta'limi, bilimni mustahkamlash, refleksiya, kognitiv rivojlanish, korroziya, elektrokimyoviy himoya.
