UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA MOLEKULYAR FIZIKA BO‘LIMINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH ZARURIYATI




UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA MOLEKULYAR FIZIKA BO‘LIMINI ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH ZARURIYATI


Mualliflar: Yusupov Dilmurod Abdurashidovich, Rajabov Javohir Iqboljon o‘g‘li, Azimova Shahnoza Akramjon qizi

Annotatsiya Mazkur maqolada umumta’lim tizimida fizika fanining molekulyar fizika bo‘limini, xususan “Ideal gaz qonunlari” mavzusini o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalalari yoritilgan. Molekulyar jarayonlarning abstraktligi, ehtimoliy-statistik tushunchalarning murakkabligi kabi muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etishda interfaol metodlar, jumladan “Venn diagrammasi” metodidan foydalanish samaradorligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish va ta’lim samaradorligini oshirish imkonini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: ideal gaz qonunlari, molekulyar fizika, pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar, venn diagrammasi, ta’lim samaradorligi, ilmiy dunyoqarash, umumiy o‘rta ta’lim, o‘qitish metodikasi, statistik tushunchalar