SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA MATEMATIKANI O‘QITISHDA ADAPTIV (MOSLASHUVCHAN) TA’LIM TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH METODIKASI.
Mualliflar: Nomozboyeva Gulirano Shuxrat qizi
Annotatsiya Mazkur ilmiy maqolada sun’iy intellekt (SI) asosida matematikani o‘qitishda adaptiv (moslashuvchan) ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning nazariy asoslari va amaliy metodikasi keng yoritilgan. Adaptiv ta’limning mohiyati, uning algoritmik ishlash mexanizmlari, o‘quvchilar bilim darajasini individual tarzda aniqlash va shunga mos o‘quv materiallarini shakllantirish jarayonlari tahlil qilinadi. Shuningdek, matematik ta’limda sun’iy intellektdan foydalanishning afzalliklari, samaradorligi, pedagogik imkoniyatlari hamda mavjud muammolari ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari adaptiv ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarning matematik savodxonligini rivojlantirish, ularning mustaqil fikrlashini shakllantirish va o‘quv jarayonini individuallashtirishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, adaptiv ta’lim, matematik ta’lim metodikasi, personalizatsiya, o‘quv trayektoriya, mashinaviy o‘qitish, raqamli pedagogika, ta’lim texnologiyalari, individual yondashuv.
