WEB-KVEST TEXNOLOGIYASI ASOSIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA'LIMINI RIVOJLANTIRISH MODELI
Mualliflar: Qodirov Adhamjon Sharifjon o‘g‘li
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida kredit-modul sharoitida talabalarning mustaqil ta’lim faoliyatini tashkil etishda WebQuest texnologiyasining samaradorligi o‘rganiladi. Tadqiqot konstruktivizm va ijtimoiy konstruktivizm nazariyalariga asoslanib, talabalarning mustaqil bilim olish, tanqidiy fikrlash va axborot savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan didaktik modelni ishlab chiqish va amaliy sinovdan o‘tkazishni nazarda tutadi. Tadqiqotda Namangan davlat chet tillari institutining 240 nafar talabalari ishtirok etdi. Kvazi-eksperimental dizayn asosida tajriba va nazorat guruhlari tashkil etilib, tajriba guruhida WebQuest texnologiyasiga asoslangan o‘qitish, nazorat guruhida esa an’anaviy metodlar qo‘llanildi. Ma’lumotlar bilim testlari, mustaqil faoliyat shkalalari, motivatsiya so‘rovnomalari hamda sifatli tahlil usullari orqali yig‘ildi. Natijalar tajriba guruhida bilim saviyasi, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari va motivatsiya ko‘rsatkichlarining statistik jihatdan sezilarli darajada oshganligini ko‘rsatdi (p < 0,05). Xususan, tajriba guruhi nazorat guruhiga nisbatan taxminan 20% yuqori natijalarga erishdi. Shuningdek, sifatli tahlil talabalarda tanqidiy fikrlash, muammolarni mustaqil hal etish, hamkorlikda ishlash va axborot bilan ishlash ko‘nikmalarining rivojlanganligini tasdiqladi. Tadqiqot natijalari WebQuest texnologiyasining chet tillarini o‘qitishda raqamli texnologiyalarni samarali integratsiya qilish imkonini beruvchi innovatsion pedagogik vosita ekanligini ko‘rsatadi. Amaliy ahamiyati sifatida WebQuestni loyihalash va joriy etishning bosqichma-bosqich metodikasi taklif etiladi. Kalit so'zlar: WebQuest texnologiyasi, mustaqil ta’lim, kredit-modul tizimi, raqamli texnologiyalar, talabalar motivatsiyasi, tanqidiy fikrlash, axborot savodxonligi
