PEDAGOGIK JARAYONLARDA FAVQULODDA VAZIYATLARDA TALABALARNING TO‘G‘RI XULQ-ATVORINI SHAKLLANTIRISH METODLARI
Mualliflar: Mamadboev Shokhrukh Bakhodirjonovich
Annotatsiya Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalari talabalari orasida favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, yordam ko‘rsatish mazmuni, harakat algoritmlari hamda pedagogik asoslari o‘rganilgan. Talabalarning kundalik hayoti va kelajakdagi kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan favqulodda vaziyatlarning mazmuni, tasnifi va ularda to‘g‘ri xulq-atvor qoidalari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish tartiblari hamda xavfli ofatlardan himoyalanishda o‘zini boshqarish bo‘yicha pedagogik imkoniyatlarni kengaytirish masalalari yoritilgan. Kalit so'zlar: favqulodda vaziyatlar, pedagogik algoritm, psixologik barqarorlik, kognitiv yondashuv, vaziyatni baholash, evakuatsiya, rolli o‘yinlar, emotsional barqarorlik, stress, situativ yondashuv.
