RIVOJLANTIRUVCHI O‘YIN MUHITINING MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI ERTA RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI
Mualliflar: Ismailova Nilufar Isroildjanovna
Annotatsiya Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida rivojlantiruvchi o‘yin muhiti va uning ahamiyati, maktabgacha turli yoshdagi bolalarni erta rivojlantirishda o‘yin faoliyatining ta’siri, shuningdek bolalarni o’qitish va tarbiyalash jarayonida rivojlantiruvchi o’yin muhitiga zamonaviy yondashuvlar aks ettirilgan. Rivojlantiruvchi o‘yin muhiti - bu pedagogik jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan, makon va vaqtda oqilona tashkil etilgan, turli xil vositalar va o‘yin materiallari bilan to‘ldirilgan estetik, psixologik va pedagogik shart-sharoitlar majmuasi bo’lib, bolada intellektual va shaxsiy fazilatlarni singdirish uchun qulay jarayon ekanligi amaliy metodlar orqali yoritilgan. Maqola yakunida rivojlantiruvchi o’yin muhiti - turli xil hissiy stimullar va o'yin materiallari bilan to'ldirilgan tabiiy, qulay, oqilona tashkil etilgan muhit ekanligi, bunday sharoitda guruhdagi barcha bolalar bir vaqtning o'zida faol kognitiv va ijodiy faoliyatda ishtirok etishlari tufayli kutiladigan natijalar taxlil qilingan. Kalit so'zlar: maktabgacha ta’lim va tarbiya, rivojlantiruvchi o‘yin muhiti, o‘ynashga bo‘lgan huquq, bola shaxsiga yo’naltirilgan yondashuv, mustaqil o‘yin faoliyati, pedagogik jarayon, pedagogik va psixologik shart- sharoitlar, intellektual qobiliyatlar, shaxsiy sifatlar.