O‘SMIR YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI | "Ta'lim va taraqqiyot" ilmiy-uslubiy jurnali 2026-yil 2-soni

O‘SMIR YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI




O‘SMIR YOSHIDAGI O‘QUVCHILARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI


Mualliflar:
Evatov Saminjon Sobirovich


Annotatsiya Mazkur maqolada o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning kommunikativ kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kommunikativ kompetentlik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari (kognitiv, emotsional va xulq-atvoriy jihatlari) hamda o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishidagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, o‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari inobatga olingan holda, samarali muloqotni shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, metodlar va texnologiyalar yoritiladi. Maqolada zamonaviy ta’lim yondashuvlari, interfaol metodlar va ijtimoiy-madaniy omillarning kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishdagi ahamiyati ochib berilib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarda samarali muloqot qilish, fikrni aniq ifodalash va ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Kalit so'zlar: kommunikativ kompetentlik, o‘smir yosh, muloqot madaniyati, pedagogik yondashuv, interfaol metodlar, shaxs rivoji, ijtimoiy moslashuv, nutq faoliyati, ta’lim texnologiyalari, kommunikativ ko‘nikmalar.

Foydalanilgan adabiyotlar / References

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son. 23.09.2020. – Toshkent, 2020.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni. – Toshkent, 2022..
  3. Ziyodullayeva S.Sh., Norbo‘tayeva Sh.N. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi. // Ta’limning zamonaviy transformatsiyasi, 2025.
  4. Ahmed R., Usman M., Khan N. Impact of active learning strategies on student engagement. // Innovations in Education and Teaching International, 2019.
  5. Chomsky N. Aspects of the Theory of Syntax. – Cambridge: MIT Press, 1965.
  6. Hymes D. On Communicative Competence. – Philadelphia: University of Pennsylvania Press, 1972.
  7. . Canale M., Swain M. Theoretical Bases of Communicative Approaches to Second Language Teaching and Testing. // Applied Linguistics, 1980.
  8. Mavlonova R. Pedagogik texnologiyalar asoslari. – Toshkent, 2019
  9. Karimova V. Psixologiya. – Toshkent, 2020.
  10. Muslimov N.A., Abdullayeva Q.M. Pedagogik kompetentlikni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi. – Toshkent, 2014.