BOSHLANG‘ICH MAKTABDA RUS TILINI O‘RGANISHDA O‘YIN METODLARIDAN FOYDALANISH
Mualliflar: Azimjonova Ug‘iloy Ahad qizi
Annotatsiya Maqolada boshlang‘ich maktabda rus tilini xorijiy va ona tili sifatida o‘qitishda o‘yin metodlaridan foydalanishning zamonaviy yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. O‘quvchilarning nutqiy faolligini, kognitiv va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar hamda o‘yin amaliyotlarining ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Kalit so'zlar: o‘yin metodlari, rus tilini o‘qitish, boshlang‘ich maktab, nutqiy faollik, kognitiv rivojlanish, pedagogik texnologiyalar, o‘quvchilar motivatsiyasi, ta’lim muhiti.
