FIZIKADAN MASALALAR YECHISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI




FIZIKADAN MASALALAR YECHISH JARAYONIDA O‘QUVCHILARNING MANTIQIY TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI


Mualliflar: Nafasova Gulnoza Baxtiyorovna, Siddiqova Shaxnoza

Annotatsiya Ushbu maqola, fizika darslarida o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirish jarayonini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tahlilni taqdim etadi. Fizika fanida masalalar yechish o‘quvchilarning analitik fikrlash va mantiqiy tafakkurini rivojlantirishi mumkin. Mazkur maqolada, masalalarni yechish jarayonida tizimli yondashuvning ahamiyati, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkurini rivojlantirishda usul va metodlarning samaradorligi, shuningdek, masalalarni muammoli topshiriqlar asosida berishning o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada fizika fanining ta’lim jarayoniga tizimli yondashuvni qanday tatbiq etish mumkinligi, uning ta’limdagi o‘rni va pedagogik metodlarga oid so‘nggi ilmiy yondoshuvlar ko‘rib chiqiladi. Kalit so'zlar: mantiqiy tafakkur, fizika ta’limi, tizimli yondashuv, muammoli topshiriqlar, pedagogika, analitik fikrlash.