ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI ASOSLARI VA UNING KELIB CHIQISH TARIXI




ILMIY TADQIQOT FAOLIYATI ASOSLARI VA UNING KELIB CHIQISH TARIXI


Mualliflar:
Mamatkulova Nilufar Boyzoq qizi


Annotatsiya Insoniyat tarixida qilingan har qanday kashfiyotlar hamda tamaddun taraqqiyotining asosida ilmiy tadqiqot yotadi. Ilmiy tadqiqot ishlariga jalb etish jarayoni oliy ta’lim muassasalarida bakalavriat bosqichining birinchi kursidanoq boshlanadi. O‘quv jarayonida talabalarni ilmiy tadqiqot ishlariga faol yo‘naltirish o‘quv rejasining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqot faoliyati asoslari bilan tanishtirishdan asosiy maqsad talabalarda zamonaviy jamiyatda fanning roli va o‘rni haqida tizimli tasavvurni hosil qilish, shuningdek ularda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Bunda talabalar hozirgi zamon fani, ilmiy bilish, ilmiy tadqiqot metodologiyasi asoslari, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashni tashkil qilish va boshqarish tamoyillari bilan tanishtiriladi; ularda ilmiy tadqiqot olib borish metodlari va metodikalari haqida tushunchalar shakllantiriladi; ilmiy ishlarni til va uslub talablari asosida rasmiylashtirish ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Ushbu maqolada ilmiy tadqiqot va uning kelib chiqishi haqida fikrlar bildirilgan. Kalit so'zlar: Fan, ilmiy bilim, fan sohasi, metodologiya, ilmiy tadqiqot, ilmiy tavsif, ilmiy tasnif, ilmiy talqin, uslubiy asos, ilmiy tadqiqot uslubi, ilmiy usul, taqqoslash usuli, tanqidiy usul, tahlil usuli, sintez usuli, modellashtirish usuli.

Foydalanilgan adabiyotlar / References

  1. Алемасов В., Мамадалиев Ш. Илмий тадқиқот: методология, методика, ижодиёт / Ўқув қўлланма. – Т.: ИИВ Академияси, 2015. – 102 б.
  2. Алимжонова Ж.И. Илмий тадқиқот методологияси / Маъруза матнлари. – Т., 2010. – 91 б.
  3. Алимова Х.А. ва бошқ. Магистрлар илмий иш ишларини ташкил қилиш, бажариш ва ҳимояга тайёрлаш бўйича услубий қўлланма. – Т.: ТТЕСИ, 2001. – 16 б.
  4. Ануфриев А. Ф. Научное исследование. Курсовые, дипломные и диссертационные работы. – М., 2002.
  5. Баскаков М. И. От реферата до дипломной работы. – Ростов на Дону, 2001.
  6. Бахтина И.Л., Лобут А.А., Мартюшов Л.Н. Методология и методы научного познания/Учебное пособие. – Екатеринбург: УГПУ, 2016. – 119 с.
  7. Вайнцвайг П. Десять заповедей творческой личности. – М., 1990.
  8. Веревкин А. Я. Как оформить библиографию к научной работе: Методическое пособие. – М., 1992.
  9. Гецов Г.Г. Работа с книгой: рациональные приемы. – М.,1984.
  10. Горелов Н.А. Методология научных исследований / Учебник для бакалавриата и магистратуры. – М.: Юрайт, 2016. – 290 с.
  11. .Илмий-тадқиқотчилик фаолиятига тайёргарлик асослари / Ўқув-услубий қўлланма / Б.Ю.Ходиев, А.Ш.Бекмуродов, 121 М.Р.Болтабаев, Л.В.Голиш, О.Б.Гимранова. – Т.: Экономика, 2010. – 138 б.