“TUSHUNCHALAR TAHLILI” METODI VA UNING BIR TATBIQI
Mualliflar: Xabibullo Raxmatullayevich Umarov, Egamnazarova Jumagul Xudoyor qizi, Jangibayev Ilhom Usmonqul oʻgʻli
Annotatsiya Ushbu ishda “Algebra” fanidan “Gruppalarning gomomorfizm va izomorfizmlari” mavzusini bayon etishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyati yoritilib, uning mazmuni va qo‘llash uslublari haqida ba’zi uslubiy tavsiya va ayrim mulohazalar keltirilgan. Shuningdek, unda tanlangan mavzuni o‘qitish jarayonida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bir interfaol metod va uning qisqacha bayoni aks ettirilgan hamda ushbu mavzuning mazmunini talabalarga yetkazish va bilimlarini mustahkamlash uchun “Tushunchalar tahlili” metodi tatbiq qilingan. Kalit so'zlar: kompozitsiya; assosiativ amal; neytral (birlik) element; teskari element; gruppa; kommutativ amal; additiv gruppa; multiplikativ gruppa; chekli gruppa; gruppa; gruppa tartibi; oʻrniga qoʻyishlar gruppasi; siklik gruppa; gruppa elementining tartibi; gruppalar izomorfizmi; gruppa avtomorfizmi; gruppalar gomomorfizmi; gomomorfizm yadrosi; tabiiy gomomorfizm; gruppalar monomorfizmi; gruppalar epimorfizmi;
