PEDAGOGIKA YO‘NALISHI TALABALARINI TURIZM FAOLIYATIGA YO‘NALTIRISHDA MUZEY PEDAGOGIKASI FANINING IMKONIYATLARI
Mualliflar: Dadaboyev Suhrob Mansurjonovich
Annotatsiya Ushbu maqolada muzey pedagogikasining pedagogika yo‘nalishi talabalari uchun turizm faoliyatiga tayyorlashdagi imkoniyatlari tahlil qilingan. Muzeylar ta'lim jarayonida nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantirishga xizmat qiladi. Maqolada muzey pedagogikasining ta'lim jarayonidagi o‘rni, uning turizm faoliyatiga ta'siri, shuningdek, amaliyotda yuzaga keladigan muammolar va ularni hal etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Muzeylar orqali talabalarga turistik xizmatlar, kommunikatsiya va madaniy merosni targ‘ib qilish bo‘yicha o‘quv kurslari, ekskursiyalar va master-klasslar o‘tkazilishi ta'kidlangan. Shuningdek, ta'lim muassasalari va muzeylar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish zarurligi hamda amaliy o‘quv kurslarini tashkil etish masalalari ko‘rsatilgan. Kalit so'zlar: muzey pedagogikasi, turizm faoliyati, ta'lim jarayoni, turizmga tayyorlash, muzeylar va turizm, amaliy o‘quv kurslari, master-klasslar, ekskursiyalar, turistik xizmatlar, innovatsion ta'lim texnologiyalari.