INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI KONTEKSTIDA TURIZM TERMINLARINING LUG‘AVIY JIHATLARI




INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARI KONTEKSTIDA TURIZM TERMINLARINING LUG‘AVIY JIHATLARI


Mualliflar: Odilboyeva Umida Zafarjon qizi

Annotatsiya Turizm sohasining global rivojlanishi turli sohalarni, jumladan, mehmonxona xizmatlari, transport, madaniyat va kommunikatsiyani o‘z ichiga olgan terminologiyani yaratishga olib keldi. Har bir til o‘zining madaniy, ijtimoiy va tarixiy kontekstida ushbu terminlarni o‘zlashtirish, integratsiya qilish yoki o‘zlashtira olishni o‘ziga xos tarzda amalga oshiradi. Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida turizm terminologiyasining lug‘aviy asoslarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ikki til orasidagi o‘xshashliklar va farqlarni taqqoslash, globalizatsiya ta’sirida mahalliy terminlarning o‘zgarishini tahlil qilish va tilning turizm sohasidagi rolini muhokama qilishni maqsad qilgan. Kalit so'zlar: lug‘at, terminologiya, terminlar, atamalar, lingvistik omillar, yasama terminlar, affiks, suffiks, sayyohlik terminlari kategoriyalari, turizm, semantika, integratsiya, foydalanish, hosil qilish, lingvokulturologiya, til, madaniyat, o‘zlashtirilgan so‘zlar.