C3-C4 TOIFADAGI PARA-VELOSIPEDCHILARINING VESTIBULYAR BARQARORLIGI, FUNKSIONAL VA TEXNIK TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI




C3-C4 TOIFADAGI PARA-VELOSIPEDCHILARINING VESTIBULYAR BARQARORLIGI, FUNKSIONAL VA TEXNIK TAYYORGARLIK KO‘RSATKICHLARI TAHLILI


Mualliflar: Umarov Sarvar Mirzaxitovich

Annotatsiya Maqolada C3–C4 toifadagi para-velosipedchilarning vestibulyar barqarorligi, funksional va texnik tayyorgarlik ko‘rsatkichlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari sportchilarda sensomotor integratsiyaning yetarli darajada shakllanmaganligi, vestibulyar analizatorning barqarorlikni ta’minlashdagi kompensator reaksiyalarga yuqori darajada tayanishi hamda pedal aylanishi mexanikasida asimmetrik kuchlanishlar mavjudligini ko‘rsatadi. Muvozanatni ta’minlovchi tizimlarning uyg‘un ishlamasligi dinamik holatni boshqarishda qiyinchiliklar tug‘dirishi, texnik harakatlarning ritmik va mexanik aniqligiga bevosita ta’sir etishi ilmiy asosda izohlangan. Tadqiqot tajriba va nazorat guruhlari o‘rtasida boshlang‘ich tayyorgarlik ko‘rsatkichlari statistik jihatdan bir xil ekanini tasdiqlab, metodikaning keyingi bosqichda samaradorligini baholash uchun ishonchli nazariy va amaliy asos yaratadi. Kalit so'zlar: Para-velosiped, vestibulyar barqarorlik, sensomotor integratsiya, funksional tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, dinamik muvozanat, pedallash texnikasi, stabilometrik baholash.