ZAMONAVIY TA’LIMDA ILMIY-PEDAGOGIK BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB YO‘NALISHLARI




ZAMONAVIY TA’LIMDA ILMIY-PEDAGOGIK BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARB YO‘NALISHLARI


Mualliflar: Uzoqboyev Xojiakbar Qobuljon o‘g‘li

Annotatsiya Zamonaviy ta’lim tizimi globallashuv va texnologik o‘zgarishlar ta’sirida yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. Ushbu maqola pedagogika yo‘nalishidagi talabalarning ilmiy-pedagogik bilimlarini shakllantirishda dolzarb yo‘nalishlarni o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda o‘zbek pedagogik an’analarining asoschilari- Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov kabi mutafakkirlarning ta’lim haqidagi qarashlari tahlil qilinadi va ularning zamonaviy ta’limga mosligi ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, Jon Dyui, Lev Vygotskiy kabi jahon olimlarining nazariyalari asosida global tendensiyalar o‘rganiladi. Maqolada tarixiy yondashuvning ushbu yo‘nalishlarni boyitishdagi o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Natijalar O‘zbekiston ta’lim tizimida zamonaviy usullarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rsatib, kelajak uchun takliflar beradi. Kalit so'zlar: zamonaviy ta’lim, ilmiy-pedagogik bilimlar, tarixiy yondashuv, raqamli ta’lim, kompetensiya, loyiha asosidagi o‘qitish, o‘zbek pedagogikasi, global tendensiyalar, ta’lim metodikasi.