ILMIY BILIMLARNI RIVOJLANTIRISHDA O‘QITISH METODLARINING ZAMONAVIY TRANSFORMATSIYASI
Mualliflar: Abdulxayev Abduvohid Abdulbori o‘g‘li
Annotatsiya Ushbu maqola ilmiy bilimlarni rivojlantirishda o‘qitish metodlarining zamonaviy transformatsiyasini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Tadqiqotda o‘zbek pedagogik an’analari va jahon tajribasi asosida zamonaviy ta’lim usullarining o‘zgarishi tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim, kompetensiyaga asoslangan yondashuv va loyiha asosidagi o‘qitish kabi metodlarning ilmiy bilimlarni shakllantirishdagi samarasi ko‘rib chiqiladi. Tarixiy yondashuvning bu jarayondagi o‘rni alohida e’tiborga olinadi. Natijalar O‘zbekiston ta’lim tizimida ushbu metodlarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rsatadi va amaliy takliflar beradi. Kalit so'zlar: Ilmiy bilimlar, zamonaviy ta’lim, o‘qitish metodlari, transformatsiya, raqamli ta’lim, kompetensiya, loyiha asosidagi o‘qitish, tarixiy yondashuv, o‘zbek pedagogikasi.