YUNON-RIM KURASHIDA TEXNIK TAYYORGARLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING QO‘LLANILISHI




YUNON-RIM KURASHIDA TEXNIK TAYYORGARLIK SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA SUN’IY INTELLEKTNING QO‘LLANILISHI


Mualliflar: Tursunov Shoxboz Ilg’orjon o‘g‘li

Annotatsiya Ushbu maqolada yunon-rim kurashida texnik tayyorgarlik samaradorligini oshirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining qo‘llanilishiga oid masalalar tahlil qilinadi. Texnik tayyorgarlik sportchining yuksak natijalarga erishishida hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda sport sohasiga raqamli texnologiyalar, xususan, sun’iy intellekt tizimlarining kirib kelishi texnik harakatlarni chuqur tahlil qilish, mashg‘ulot jarayonini monitoring qilish va sportchilarni individual tayyorlash imkoniyatlarini kengaytirmoqda. Maqolada yosh kurashchilarning texnik harakatlarini sun’iy intellekt yordamida modellashtirish, xatolarni aniqlash va ularni bartaraf etish metodlari yoritilgan. Kalit so'zlar: Yunon-rim kurashi, texnik tayyorgarlik, sun’iy intellekt, innovatsion metodlar, raqamli texnologiyalar, sport mashg‘ulotlari, monitoring, texnik-taktik rivojlanish, video-analitika, ilmiy-statistik tahlil.