INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI




INKLYUZIV TA’LIMNING MUSIQA TA’LIMDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI


Mualliflar: O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li

Annotatsiya ushbu ilmiy maqola inklyuziv ta’limning musiqa ta’limidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganadi. Maqolada inklyuziv ta’limning musiqa ta’limi orqali talabalarning ijtimoiy, estetik va ma’naviy rivojlanishiga ta’siri, shuningdek, ushbu ta’lim shaklining barcha turdagi talabalarni, xususan, maxsus ehtiyojlarga ega bo‘lgan o‘quvchilarni ta’lim jarayoniga jalb qilishdagi samaradorligi tahlil qilinadi. Inklyuziv ta’limning musiqa darslariga integratsiyasi yoshlarning madaniy merosga bo‘lgan hurmatini oshirish, ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish va shaxsiy rivojlanishga ko‘maklashishda muhim vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada, shuningdek, inklyuziv ta’limning pedagogik uslublari, metodlari va vositalari, shu jumladan, musiqa ta’limida maxsus ehtiyojli talabalarni qo‘llab quvvatlashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda inklyuziv ta’limning musiqa ta’limi orqali yoshlarning estetik didini shakllantirish, ijtimoiy integratsiya va madaniy identifikatsiyani mustahkamlashdagi ahamiyati ochib beriladi. Olingan natijalar asosida, inklyuziv ta’limning musiqa ta’limiga integratsiyasi bo‘yicha takliflar va tavsiyalar beriladi. Kalit so'zlar: inklyuziv ta’lim, musiqa ta’limi, maxsus ehtiyojli talabalar, estetik rivojlanish, ijtimoiy integratsiya, madaniy identifikatsiya, pedagogik metodlar.