BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ONA TILI FANLARINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH LINGVODIDAKTIK MUAMMO SIFATIDA




BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA ONA TILI FANLARINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH LINGVODIDAKTIK MUAMMO SIFATIDA


Mualliflar: Djakbarova Mahliyo Ibraximjonovna

Annotatsiya Tadqiqot maqsadi. Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda ona tili fanlarini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning lingvodidaktik muammo sifatida tahlili olib borilgan. O‘quvchilarning ona tilini samarali o‘zlashtirishidagi muammolar, ayniqsa, o‘qish va yozish ko‘nikmalarining rivojlanishi, metodik materiallarning eskirishi, shuningdek, ijodiy va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishdagi qiyinchiliklar ko‘rsatilgan. Tadqiqot metodlari. Maqolada ushbu muammolarni hal qilish uchun interaktiv metodlar, shaxsiy yondashuv, zamonaviy texnologiyalar va ijodiy vazifalar kabi lingvodidaktik yondashuvlar taklif etilgan. Tadqiqot natijalari. Ushbu yondashuvlar o‘quvchilarning tilga bo‘lgan qiziqishini oshirish, nutq madaniyatini rivojlantirish va amaliy til ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Xulosa. Maqola boshlang‘ich ta’limda ona tili fanini o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishda muhim metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Kalit so'zlar: boshlang‘ich ta’lim, ona tili, o‘qitish metodikasi, lingvodidaktika, interaktiv metodlar, shaxsiy yondashuv, zamonaviy texnologiyalar, nutq madaniyati, ijodiy fikrlash, mantiqiy fikrlash, o‘quvchilarning ko‘nikmalari, o‘qish va yozish, metodik takomillashtirish.