INNOVATIVE METHODS OF DEVELOPING LEXICAL COMPETENCE IN PRESCHOOL CHILDREN THROUGH VR TECHNOLOGY
Mualliflar: Ergasheva Xilola Yunusxanovna, Impulse Medical Institute
Annotatsiya Ushbu tadqiqotning maqsadi, maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning leksik kompetensiyasini VR (Virtual Reality) texnologiyalari yordamida shakllantirishning innovatsion usullarini o'rganishdir. Tadqiqotda sifatli va miqdoriy metodlar, shu jumladan, eksperimental kuzatishlar va so'rovlar qo'llaniladi. Tadqiqot, bolalarning so'z boyligini o'rganish va eslab qolish samaradorligini VR texnologiyalari orqali baholashga qaratilgan. Tadqiqot natijalari, VR muhitida o'qish materiallari bilan faol aloqada bo'lish orqali bolalarning so'z boyligi sezilarli darajada rivojlanganini ko'rsatdi. Xulosalar shuni ko'rsatadiki, VR texnologiyalari til o'rganish uchun samarali va qiziqarli vosita bo'lib, bolalarning motivatsiyasini oshirib, leksik ko'nikmalarni o'zlashtirishda interaktiv yondashuvni taqdim etadi. Yakuniy natija sifatida, VR texnologiyalarining maktabgacha yoshdagi bolalarning leksik kompetensiyasini shakllantirishdagi istiqbolli strategiya ekanligi ta'kidlanadi. Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, leksik kompetensiya, VR texnologiyalari, so'z boyligi, innovatsion usullar, til o‘rganish, virtual haqiqat, ta'lim vositalari.