BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI O‘QISH DARSLARIDA BOG‘LANISHLI NUTQINI RIVOJLANTIRISH
Mualliflar: Abduraxmonova Gulasal Ravshanovna NamDPI “Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish darslari jarayonida bog‘lanishli nutqini rivojlantirish masalasi yoritilgan. O‘quvchilarning izchil va mantiqiy fikr yuritish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun samarali usullar taklif etilgan. Xususan, matnni qayta hikoya qilish, savol-javob usuli, rolli o‘yinlar, guruhli ishlash va ijodiy topshiriqlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Maqolada bog‘lanishli nutqni rivojlantirishning o‘quvchilarning muloqot madaniyati va tafakkurini kengaytirishdagi o‘rni ham yoritilgan. Kalit so'zlar: boshlang‘ich sinf, o‘qish darslari, bog‘lanishli nutq, matnni qayta hikoya qilish, savol-javob usuli, rolli o‘yinlar, ijodiy topshiriqlar, o‘quvchilarning nutqiy rivojlanishi, mantiqiy fikrlash.