BILIM VA KO‘NIKMALARNI AVTOMATIK BAHOLASH METODIKALARINING EVOLYUTSIYASI TAHLILI
Mualliflar: Jamolov Olimjon Orifjon o‘g‘li
Annotatsiya Ushbu maqolada bilim va ko‘nikmalarni avtomatik baholash metodikalarining tarixiy shakllanishi hamda ularning zamonaviy ta’lim tizimida qo‘llanishi tahlil qilinadi. Tadqiqotda baholash texnologiyalarining mexanik testlardan tortib sun’iy intellekt asosidagi adaptiv tizimlargacha bo‘lgan evolyutsion bosqichlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada har bir bosqichning texnologik asoslari, didaktik imkoniyatlari va afzalliklari ilmiy asosda tahlil etilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, avtomatik baholash metodlari o‘qituvchilarning yuklamasini kamaytirish, o‘quvchilarning individual rivojlanish trayektoriyasini aniqlash va ta’lim sifatini oshirishda muhim rol o‘ynamoqda Kalit so'zlar: avtomatik baholash, sun’iy intellekt, adaptiv tizim, test texnologiyasi, ta’lim sifatini oshirish.