BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METOKOMPETENTLIGINI YAXSHILASHDA INTEGRATIV “4 K” KO‘NIKMALAR MODELIDAN FOYDALANISH




BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING METOKOMPETENTLIGINI YAXSHILASHDA INTEGRATIV “4 K” KO‘NIKMALAR MODELIDAN FOYDALANISH


Mualliflar: Shobekova Nigora Mamurovna

Annotatsiya Mazkur maqolada pedagogik yondashuv sifatida “4 K” ko‘nikmalari modelidan foydalanib, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining metodik kompententligini yaxshilash bo‘yicha o‘rganishlar natijalari bayon etilgan. O‘qituvchilarning “4 K” modelidan qanday foydalanishi va pedagogik jarayondagi samaradorligini baholash va tadqiq etish mazkur tadqiqotning maqsadi hisoblanadi. Tadqiqotning dars jarayonlaridagi kuzatishlar, o‘qituvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi so‘rovlar asosida olingan natijalari modelning pedagog kasbiy mahoratini yanada oshirishi va pedagogik muhitni yaxshilanganini ko‘rsatdi. Tadqiqotdan olingan xulosalar boshlang‘ich sinflar bilan ishlashda pedagoglarga zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalar “4 k” ko‘nikmalar modeli orqali yaxshi o‘zlashtirilishi va amaliyotga tatbiq etlishi mumkinligini ko‘rsatdi. Kalit so'zlar: metakompententlik, “4 k” ko‘nikmalar modeli, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, integrativ yondashuv, kreativlik, kritik fikrlash, kommunikatsiya, ta’lim innovatsiyalari, metakognitiv ko‘nikmalar.