IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI BAHOLASH MEZONLARI




IMKONIYATI CHEKLANGAN O‘QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI BAHOLASH MEZONLARI


Mualliflar: Mahmudjonov Asilbek Abduvoxid o‘g‘li

Annotatsiya ushbu maqolada imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning jismoniy sifatlarini baholash mezonlari tahlil qilingan. Tadqiqotda oltita asosiy mezon – energiya darajasi, jismoniy faollik, sog‘liq holati, uyqu sifati, muvozanat saqlash va psixologik holat mezonlari ishlab chiqildi. Har bir mezon uch darajada – yuqori, o‘rta va past darajalar asosida baholandi. Natijalar imkoniyati cheklangan o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish darajalarini aniqlash, individual ta’lim rejalarini tuzish va adaptiv jismoniy tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun amaliy ahamiyat kasb etadi. Kalit so'zlar: imkoniyati cheklangan o‘quvchilar, jismoniy sifatlar, baholash mezonlari, yuqori daraja, o‘rta daraja, past daraja.