TA’LIM TIZIMIDA DASTURIY – METODIK MAJMUA YARATISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Mualliflar: Soliyeva Gavharoy Yodgorjon qizi
Annotatsiya Mazkur maqolada oliy ta’lim tizimida dasturiy-metodik majmua (DMM) yaratish zaruriyati va uning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni pedagogik muammo sifatida tahlil qilinadi. Dasturiy-metodik majmua tushunchasi, uning tarkibiy qismlari, an’anaviy va elektron o‘qitishdagi roli yoritilgan. Xususan, “Hisoblash usullari” fanini o‘qitishda DMMdan foydalanish tajribalari o‘rganilib, ularning o‘quv jarayoniga ta’siri ilmiy asoslangan. Shuningdek, dunyo va O‘zbekiston tajribasi misolida DMM yaratish bo‘yicha metodik yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda mavjud muammolar, taklif etilayotgan yechimlar, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishning afzalliklari yoritilib, oliy ta’limda raqamli resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Kalit so'zlar: Dasturiy-metodik majmua, Oliy ta’lim, Elektron ta’lim muhiti, Hisoblash usullari, Pedagogik muammo, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, Metodik tizim.