ALISHER NAVOIYNING “HASBI HOL” MASNAVIYSI BADIIY TALQINI
Mualliflar: Burxonova Madinabonu
Annotatsiya Ushbu maqolada Navoiyning do‘sti, hammaslagi Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she'riy maktubi, masnaviysi Ardasher timsoli orqali yoritib berilgan va masnaviyda keltirilgan ba'zi baytlarning tahliliga bag‘ishlangan. Navoiy baytda Ardasherning porloq hayoti va so‘nmas xotirasi bitilgan so‘zlarni muhrlaydi. Ushbu baytda Sayyid Hasan shaxsini “mehri farxunda”- qutlug‘ quyosh, “sham’i raxshanda”- porloq sham istioralari orqali tavsiflaydi. Istiorada bir narsa vaqtinchalik ikkinchisining nomi atalar ekan, ular o‘rtasida umumiylik bo‘lishi taqozo etiladi. Quyosh olamga teng nurini taratgani kabi Ardasher ham mehr, saxovat, hamdardlik, kechirimlilik nurini taratadi. Kalit so'zlar: “Hasbi hol”, koshifi hol, hallol, Alim, Azim, bidoyat, salovat, ashob, so‘z.